O‘zbekiston bo‘ylab raqamli televideniyeda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi 

O‘zbekiston 14:10 / 16.07.2018 16898

Bugun, 16 iyul kuni tungi vaqtdan boshlab Toshkent shahri va viloyatining ayrim hududlarida raqamli televideniye telekanallari namoyishi uzilib qoldi. Ma'lum qilinishicha, bugunning o‘zida ushbu hududda soat 12:00dan boshlab telekanallar efiri qayta uzatila boshlangan.

«UZDIGITAL TV» kompaniyasiga asoslanib «Xabar.uz» nashri ma'lum qilishicha, bunga 2018 yilning 16 iyulidan 14 avgustgacha qadar soat 01:00dan 12:00gacha respublika bo‘ylab rejaga muvofiq profilaktika ishlari olib borilishi boshlangani sabab bo‘lgan.

Profilaktika munosabati bilan telekanallarda namoyish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Respublika bo‘yicha to‘xtalishlar jadvallari bilan quyida batafsil tanishish mumkin:

«UZDIGITAL TV» ma'muriyati yuzaga kelgan noqulayliklar uchun raqamli TV foydalanuvchilaridan uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: