Tramp Putinni «yaxshi raqobatchi» deb atadi

Jahon 21:10 / 16.07.2018 12301

AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni “yaxshi raqobatchi” deb atadi va AQSh suyultirilgan tabiiy gaz yordamida “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri bilan raqobat qilishini qo‘shimcha qildi. 

“Men uni (Putinni) raqobatchi, juda yaxshi raqobatchi deb atadim. O‘ylaymanki, raqobatchi so‘zi – maqtovdir”, deb aytgan Tramp Putin bilan uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanda. 

“Biz gaz quvuri borasida raqobatchilik qilamiz. Men bu Germaniya manfaatlariga yaxshimi-yo‘qmi bilmayman, biroq qaror qabul qilindi”, deb javob qilgan Tramp “Shimoliy oqim-2” haqidagi savolga.

Tramp AQSh eng yirik uglevodorodlar ishlab chiqaruvchi davlat bo‘lmoqchiligini eslatib o‘tgan. “Biz suyultirilgan gaz sotib, gaz quvuri bilan raqobat qilamiz”, deb aytgan Tramp.

Ko‘proq yangiliklar: