Ronaldu Messi bilan bo‘lgan raqobatning yo‘qolishi haqidagi savolga javob berdi

Sport 23:55 / 16.07.2018 29906

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Barselona» hujumchisi Lionel Messi bilan bo‘lgan raqobat haqidagi fikrlarini aytdi.

«Hamma mening Messi bilan raqobat qilishim haqida gapirmoqda, ammo, har birimiz o‘z klubimiz uchun kurashmoqdamiz. «Yuventus»da ham shu ishni qilaman. Qachonlardir orqaga nazar solamiz va kim eng yaxshi bo‘lganini ko‘ramiz» - dedi Ronaldu matbuot-anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 10 iyul kuni Ronaldu «Yuventus» bilan 4 yillik shartnomani imzoladi.

Ko‘proq yangiliklar: