Nurmagomedov Makgregorga noodatiy tarzda javob qaytardi

Sport 13:45 / 16.07.2018 26940

UFC chempioni va rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga o‘xshash bo‘lgan shaxs bilan suratini e'lon qildi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar bermoqda.

«Men bu fotosurat uchun 500 rubl berdim», - deya yozgan sportchi instagramdagi sahifasida.

Taxminlarga ko‘ra, Nurmagomedov shu tarzda irlandiyalik jangchi Konor Makgregorga javob qaytardi. Makgregor JCh-2018 finali vaqtida Rossiya yetakchisi bilan fotosuratini e'lon qilgandi.

Irlandiyalik Putinni «hozirgi davrning eng buyuk yetakchilaridan biri» deb atagan.

 

Ko‘proq yangiliklar: