«Militsioner o‘yinga qo‘shiladi». JCh-2018 finalida maydonga yugurib chiqqanlar kimlar edi?

Sport 10:30 / 16.07.2018 75939

«Lujniki» stadionida futbol bo‘yicha jahon chempionati finali vaqtida maydonga 4 kishi yugurib chiqdi. 

Ikkinchi bo‘lim davom etayotgan vaqtda maydonda militsiya libosidagi shaxslar paydo bo‘ldi. Ularni tez orada maydondan olib chiqib ketishdi. 

Fransiya va Xorvatiya o‘rtasidagi o‘yin bir oz vaqt to‘xtab qolishiga sabab bo‘lganlar Pussy Riot guruhi a'zolari ekani ma'lum bo‘ldi. Guruhning feysbukdagi sahifasida ma'lum qilinishicha, «Militsioner o‘yinga qo‘shiladi» aksiyasi rus shoiri Dmitriy Prigovga bag‘ishlangan bo‘lib, guruh shuningdek hukumat oldiga qo‘ygan talablari ro‘yxatini ham e'lon qilgan.

1. Barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilish.

2. Layk uchun qamamaslik.

3. Mitinglar vaqtida noqonuniy hibsga olishlarni to‘xtatish.

4. Mamlakatda siyosiy raqobatga ruxsat berish.

5. Yo‘q joydan jinoiy ish ochmaslik va odamlarni sababsiz tergov izolyatorlariga sudramaslik.

6. Yer militsionerini «samoviy militsioner»ga aylantirish.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyul kuni bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionati final uchrashuvida Fransiya terma jamoasi Xorvatiya terma jamoasini 4:2 hisobida yengib, ikkinchi marta jahon chempionligiga erishdi

Ko‘proq yangiliklar: