Qashqadaryoda mahkumlar o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston 22:30 / 16.07.2018 11477

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kitob mutolaasi va kitobxonlikka keng o‘rin berilib, bu davlat ahamiyatidagi masalaga aylandi. Mamlakatning barcha oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida, mahalla guzarlarida va hatto mehnat jamoalarining ma'rifat xonalarida mutolaaga ixlosmandlar uchun kitoblar jamlanmasi burchagi tashkil etilmoqda. 

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati tashabbusi bilan boshqarma jazoni ijro etish tizimlaridagi yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasalarida bilib-bilmay, adashib yoki ehtiyotsizlik ortidan sodir etgan jinoyati uchun ayni chog‘da tarbiyalanayotgan mahkumlar o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir uyushtirildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda. 

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati

Tadbirda boshqarma rahbariyati, ichki ishlar organlari faxriylar kengashi, M.Toshmuhamedov nomli musiqali drama teatri jamoasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati

To‘rt kun davom etgan tadbir doirasida dastlab jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga ularning ism-sharifi qo‘yilgan holda zabardast adiblarimiz qalamiga mansub 1000dan ortiq kitob topshirildi. E'tiborga molik jihati ko‘plab mahkumlar bunday sovg‘a olgani bir umr yodidan chiqmasligini, mazkur kitobni mutolaa qilishini, jazo muddatini o‘tab bo‘lib, uyga qaytganida oila a'zolarini ham bundan bahramand qilishini bildirishdi. 

Tadbir rejasi doirasida mahkumlarga kitoblar topshirilgach, Mullato‘ychi Toshmuhamedov nomli viloyat musiqali drama teatri rejissyori Aktam Xushvaqtov tomonidan sahnalashtirilgan “Xazina” nomli musiqali tomosha namoyish qilindi.

Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri

Ko‘proq yangiliklar: