Indoneziyada «qasoskorlar» 300ga yaqin timsohni o‘ldirib yuborishdi

Jahon 17:50 / 16.07.2018 25587

Indoneziyaning G‘arbiy Papua viloyatidagi qo‘riqxonada qishloq aholisi qariyb 300ta timsohni o‘ldirdi. Ommaviy qirg‘inga timsohlardan birining qishloqqa qilgan hujumi sabab bo‘lgan. Amalga oshirilgan harakat qasos olish usuli sifatida qaralgan.

«Bi-bi-si» xabariga ko‘ra, rasmiylar va politsiyachilar ommaviy qirg‘inni to‘xtata olmagan.

Shu bilan birgalikda aybdorlar ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Indoneziyada himoyaga olingan hayvonlarni qirish jinoyat deb baholanadi va jarima yoki qamoq jazosi belgilanadi.

Qishloqda istiqomat qiluvchi odamlardan biri 13 iyul kuni ertalab timsohlarni parvarishlash fermasida sabzavotlarni terayotganda timsoh qurboniga aylangandi.

G‘arbiy Papuadagi Indoneziya Natural Recources Conservation Agency boshlig‘i shunday deydi: «Xodimlarimizdan biri kimdir yordamga chaqirayotganini eshitdi va darhol o‘sha yerga yetib bordi. U yerda timsoh bir kishiga hamla qilgan edi».  

Shanba kuni dafn marosimi o‘tkazilganidan so‘ng yuzlab g‘azabnok kishilar pichoq, belkurak va bolg‘alar bilan qurollangan holda qo‘riqxona hududiga kirib kelishgan.

Mahalliy OAVda yozilishicha, olomon avvaliga timsohlar fermasi idorasiga bostirib kirgan. Shundan keyin 292 dona sudraluvchi o‘ldirib tashlangan.

Ko‘proq yangiliklar: