Xitoy Jahon savdo tashkilotiga AQSh ustidan shikoyat qildi

Iqtisodiyot 14:30 / 16.07.2018 7485

Xitoy AQShning Xitoy mahsulotlariga nisbatan qo‘shimcha bojlar joriy etishni rejalashtirgani munosabati bilan Jahon savdo tashkilotiga (JST) murojaat qildi, deyiladi XXR tijorat vazirligi bayonotida.

Avvalroq Vashington Xitoydan keltiriladigan yiliga 200 milliard dollarlik mahsulotlarga 10 foizlik qo‘shimcha cheklov joriy etishini bildirgandi. Pekinda bu harakat nomaqbul deb baholandi va zudlik bilan JSTga murojaat qilishga va'da berishdi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida Qo‘shma Shtatlar Xitoy Amerika mahsulotlariga bo‘lgan intellektual huquqlarni buzgani uchun 1,3 mingta Xitoy mahsulotlariga import boji kiritishini ma'lum qilgandi.

O‘z navbatida Xitoy davlat kengashi shtatlardan import qilinadigan 106 nomdagi mahsulotga 25 foizlik bojlarni joriy etishga qaror qildi. 

Iyun oyi o‘rtalarida AQSh XXRda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga 25 foizlik boj joriy etdi, bu Amerikaga import qilinadigan Xitoy mahsulotlarining o‘ndan bir qismiga nisbatan qo‘llanildi. 

Xitoy ham o‘z navbatida AQShdan import qilinadigan 659 nomdagi mahsulotga 25 foizlik kirish boji joriy etishini ma'lum qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: