Xelsinkida Tramp va Putin uchrashuvi boshlandi

Jahon 16:20 / 16.07.2018 18535

Xelsinkida AQSh va Rossiya prezidentlari uchrashuvi boshlandi. Donald Tramp va Vladimir Putinning uchrashuvi Finlyandiya poytaxtidagi prezidentlik saroyida bo‘lib o‘tmoqda.

Bu AQSh va Rossiyaning amaldagi prezidentlarining ilk to‘liq formatdagi uchrashuvidir.

Uchrashuv avvalida AQSh prezidenti Putinni 2018 yilgi jahon chempionatini muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazgani munosabati bilan qutlagan.

Ikki mamlakat rahbarlari savdodan tortib yadroviy mavzulargacha bo‘lgan masalalarni muhokama qilishni rejalashtirgan. AQSh prezidenti Xelsinkidagi uchrashuv ikki tomon o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishiga imkon berishiga umid qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: