Fransiyada terma jamoaning JCh-2018’dagi g‘alabasidan keyin tartibsizliklar yuz berdi

Sport 09:28 / 16.07.2018 27671

Fransiyaning bir qator shaharlarida milliy terma jamoaning JCh-2018’dagi g‘alabasi nishonlanishi vaqtida tartibsizliklar yuz berdi. 

Foto: REUTERS

Parisien nashrining yozishicha, Parijda Yelisey maydonlari atrofida tartibsizliklar yuz bergan. Muxlislar do‘konlar peshoynalarini sindirishgan, dekoratsiyalarni buzishgan, shisha idishlar otishgan. Politsiya odamlarni tarqatish uchun ko‘zni yoshlatuvchi gaz, so‘ngra suvpurkagichlar qo‘llashga majbur bo‘lgan. 

Foto: REUTERS

France Info radiostansiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Lionda ham fan-zona yaqinida bo‘sh bankalarni politsiyaga uloqtirgan muxlislarga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llangan. Keyinroq voqea joyiga chiqindi baklarini o‘chirish uchun o‘t o‘chirish brigadalari yetib kelgan.  

Foto: YeRA/UPG

Marselda politsiya taqiqlangan tutun snaryadlari va petardalar otilishini to‘xtatib qolgan. 7 kishi ushlangan. 

Foto: YeRA/UPG
Foto: YeRA/UPG

Rossiyada o‘z poyoniga yetgan jahon chempionati finalida Fransiya Xorvatiyani 4:2 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi bor chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi.

Ko‘proq yangiliklar: