Ekvador va Britaniya Assanj bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda – OAV

Jahon 14:05 / 16.07.2018 2767

Buyuk Britaniya va Ekvador WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning taqdiri bo‘yicha yuqori darajada muzokaralar olib bormoqda. U Ekvadorning Londondagi elchixonasida 2012 yildan beri yashab kelyapti. Bu haqda The Times xabar tarqatdi.

Ta'kidlanishicha, muzokaralar Britaniyaga Ekvadorning yangi rahbari Lenin Moreno tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish fonida olib borilyapti. Moreno Assanjni «meros bo‘lib qolgan muammo» va «oyoq kiyimdagi tosh» deb atagandi.

Wikileaks asoschisiga yaqin bo‘lgan manbalarning iddao etishicha, ularga muzokaralar haqida hech narsa ma'lum emas. Ularning ta'kidlashicha, Ekvador hukumatiga AQSh bosim o‘tkazayotgan bo‘lishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvvalroq Ekvador TIV Assanjning Londondagi boshpanasi abadiy davom etmasligi bilan ogohlantirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: