Dide Desham: Biz yorqin o‘yin ko‘rsatmadik, biroq kuchli matonat namoyish qildik

Sport 01:42 / 16.07.2018 7570

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham o‘z shogirdlarining jahon chempionatidagi g‘alabasiga izoh berdi. 

"Men bu yerga sovrinni qo‘lga kiritish uchun kelganman. O‘ylashimcha, bugungi natijamizga Yevro-2016 finali ham o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Biroq o‘yin futbolchilarga tegishli. So‘nggi 55 kun ichida shtabdagi barcha tomonidan katta ish bajarildi. 

Bu yosh jamoa uchun ajoyib lahza. Biz yorqin o‘yin ko‘rsatmadik, biroq kuchli matonat namoyish qildik. Men jamoa uchun juda xursandman", – dedi Desham. 

Eslatib o‘tamiz, Fransiya finalda Xorvatiya ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, ikkinchi bor jahon chempioni bo‘ldi. 

Ko‘proq yangiliklar: