Buloqboshida to‘rt sotix yer uchun 4000 dollar olgan mutasaddi qo‘lga tushdi

Jamiyat 23:00 / 16.07.2018 14888

Andijon viloyati, Buloqboshi tumani yer resurslari davlat kadastri boshlig‘i Ulug‘bek Rahmonov Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mutasaddi mansabini suiiste'mol qilib, tuman hududidan 4  sotix yer maydoni ajratib berish uchun U.B. dan 4 ming AQSh dollari talab qilgan.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida amaldor pora bilan qo‘lga tushdi. Xozirda U.Rahmonovga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Ko‘proq yangiliklar: