Bu yil abituriyentlar qaysi OTMlarga eng ko‘p hujjat topshirgani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston 15:40 / 16.07.2018 68979

Kecha, 15 iyul kuni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga qabul uchun hujjat qabul qilish jarayonining so‘nggi kuni edi.

Davlat test markazining ma'lum qilishicha, joriy yilning 1-15 iyul kunlari Respublika bo‘yicha jami 60ta oliy ta'lim muassasalari va ularning 19ta filialiga 675 049 nafar abituriyentdan ariza qabul qilindi. Tanlov ko‘rsatkichi bir o‘ringa o‘rtacha 8,3 tani tashkil etdi.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p hujjat quyidagi oliy ta'lim muassasalariga topshirilgan:
Qarshi davlat universiteti – 30 937 nafar;
Samarqand davlat universiteti – 28 733 nafar;
Farg‘ona davlat universiteti – 27 726 nafar;

Eng katta konkurs quyidagi oliy ta'lim muassasalarida qayd etildi:
Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali – 1 o‘ringa 23,2;
Andijon mashinasozlik instituti – 1 o‘ringa 18,3;
Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filialida – 1 o‘ringa 17,6.

Joriy yilda bakalavriatga kirish uchun 675 049 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 729 950 nafarni tashkil etgandi. 2016 yilda esa 663 304 nafar abituriyent talaba bo‘lish maqsadida ariza bilan qabul komissiyasiga murojaat qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: