Bir kunda 520 ming dona. Ronaldu yozuvi tushirilgan «Yuventus» futbolkalari shiddat bilan sotilmoqda

Sport 21:20 / 16.07.2018 9098

«Yuventus» yangi a'zosi Krishtianu Ronalduning familiyasi tushirilgan futbolkalar sotuvi boshlangan ilk kuniyoq 520 ming dona mahsulot sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Yahoo Sport xabar bermoqda.

Bir dona futbolkaning narxi 105 yevro turishini hisobga olsak, klub bir kun ichida 55 million yevro ishlab topgani ma'lum bo‘ladi. Bundan tashqari, tahlilchilar «Yuventus»ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari kuzatuvchilari soni ham faol ravishda oshib borayotganini qayd etishmoqda.

Ronaldu o‘tgan hafta Madridning «Real» klubidan 100 million yevro evaziga Turin klubiga o‘tdi. Uning yillik maoshi, OAVdagi xabarlarga ko‘ra, 30 million yevroni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: