Andijon «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi sport-sog‘lomlashtirish tadbirini tashkil qildi

Sport 18:30 / 16.07.2018 1592

Andijon “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi bir qator tashkilotlar o‘rtasida “Sport – sog‘lik garovidir” shiori ostida sport-sog‘lomlashtirish tadbirini tashkil qildi.

Do‘stona ruhda tashkil qilingan voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka, tosh ko‘tarish va futbol musobaqalarda - O‘zbekiston UzLiDeP viloyat Kengashi, Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘limi, Fuqarolik jamiyati shakllantirishni mustaqil monitoring qilish instituti hududiy bo‘limi, Andijon tibbiyot instituti qoshidagi tibbiyot akademik litseyi, “Baholash xizmati” mas'​uliyati cheklangan jamiyati hamda viloyat “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi vakillari ishtirok etdilar.

“Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar o‘rtasida mana shunday tadbirni uyushtirishdan maqsadimiz, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bilan birgalikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdir”, deydi viloyat “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi rahbari Elyorbek Niyazov.

Elmurod Ermatov, Andijon

KUN.UZ muxbiri

Ko‘proq yangiliklar: