Samarqand viloyati hokimi bilan birga qo‘lga olingani aytilgan o‘rinbosari yana ishga qaytdi

O‘zbekiston 14:30 / 15.07.2018 59735

Samarqand viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyatning sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev ishi doirasida qo‘lga olingani aytilgan O‘tkir Abdullayev ayni vaqtda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

«Kun.uz» muxbiri Samarqand viloyati hokimiyatidagi manbalardan aniqlik kiritishicha, O‘tkir Abdullayev 14 iyul kuni ishga chiqqan, u 16 iyul kuni ham ishda bo‘ladi, uning viloyat hokimligida Turobjon Jo‘rayev tomonidan tashkil etilgan korruptsion tizimga aloqasi yo‘qligi isbotlangan.

13 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi  Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev korruptsion tizim yaratgani oshkor bo‘lganligi to‘g‘risida xabar bergan, jinoyat ishi doirasida hibs qilinganlar orasida viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev ham borligi ma'lum qilingandi.

Shu bilan birga, ish doirasida qo‘lga olingan, viloyat hokimligida ishlagan boshqa amaldorlar —  qurilish bo‘yicha mutaxassis Bahodir Xojaqulov va hokim yordamchisi Botir Xojaqulov Turobjon Jo‘rayev kabi hamon hibsda qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: