Moliya vazirligi davlat tashkilotlaridagi yirik kamomad va o‘zlashtirishlar haqida ma'lum qildi

Iqtisodiyot 13:00 / 15.07.2018 27938

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida 2018 yilning birinchi yarim yilida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag‘lar 279,2 mlrd.so‘mni, shundan kamomad va o‘zlashtirishlar 35,9 mlrd.so‘mni, noqonuniy xarajatlar 122,6 mlrd.so‘mni va Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan maqsadsiz ishlatilgan mablag‘lar 120,7 mlrd.so‘mni tashkil etgani aniqlandi.

Byudjyet va byudjyet mablag‘lari oluvchi tashkilotlar bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 21,7 mlrd.so‘m mablag‘ noto‘g‘ri sarflangani aniqlandi, shundan 1126ta sub'yekt bo‘yicha (18,7 mlrd.so‘m) nazorat tadbiri materiallari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi. Shuningdek, byudjyet intizomini buzgan byudjyet tashkilotlarining 62 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 34,1 mln.so‘m miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortildi.

85ta xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda 103,6 mlrd.so‘m miqdorida noqonuniy xarajatlar aniqlangan hamda tekshirish materiallari qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan. Ushbu sub'yektlarda aniqlangan 11,5 mlrd.so‘m miqdoridagi noqonuniy xarajatlarni tiklanishi ta'minlangan.

Boshqa yo‘nalishlar (hukumat tomonidan kafolatlangan kredit, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va boshqalar) bo‘yicha 32ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ularning 28tasida 1,3 mlrd. so‘m miqdorida kamomad, o‘zlashtirish va noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlanib, shundan 0,7 mlrd. so‘mi belgilangan tartibda byudjyetga tiklanishi ta'minlandi.

Shuningdek, moliyaviy qonun buzilishlar aniqlangan 1,3 mlrd.so‘m miqdoridagi 30ta tekshirish materiallari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: