Menni Pakyao 8 ta vazn toifasida chempion bo‘lgan yagona bokschiga aylandi

Sport 20:30 / 15.07.2018 10322

Filippinlik bokschi Menni Pakyao argentinalik Lukas Matisse bilan jangda raqibini nokaut bilan mag‘lub eta oldi. Shu g‘alaba evaziga Pakyao WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

“Pekmen” raqibini 7-raundda nokautga uchratdi. Bu uning 9 yil ichidagi ilk nokauti bo‘ldi.

Shu g‘alabadan keyin 39 yoshli filippinlik bokschi 8 ta vazn toifasida chempionlik unvonini qo‘lga kirita olgan yagona bokschiga aylandi. U oxirgi jangini joriy jangi kabi 66,68 kg gacha vazn toifasida o‘tkazgan. 

U quyidagi vazn toifalarida chempion bo‘lgan: eng yengil (WBC, 1998–1999), 2-yengil (IBF, 2001–2003), yarim yengil (The Ring, 2003–2005), 2-yarim yengil (WBC, 2008; The Ring, 2008), yengil (WBC, 2008–2009), 1-yarim o‘rta (The Ring; IBO 2009–2010), yarim o‘rta  (WBO, 2009–2012, 2014–2015, 2016–2017; WBA, 2018) va 1-o‘rta (WBC, 2010–2011). 

Pakyao o‘z faoliyati davomida 60 ta jangda g‘alaba qozongan, 7 tasida yutqazgan va 2 tasini durang bilan yakunlagan.

Ko‘proq yangiliklar: