Qahramonning uzoq sayohatidan biz nima o‘rgandik?
Qahramon Uzoqovning nogironlik aravachasida Shahrisabzdan Toshkent city'ga yetib kelgani haqida ma'lum qilgandik. Ko‘pchilik uning matonati va g‘ayratiga tasannolar aytib, kishining umid, istaklari sari harakati shunday bo‘lishi kerak, desa, boshqalari o‘zgacha fikrda.
Ayrimlarning fikriga ko‘ra, Qahramonning sayohati vaqtni behuda sarflash, piar bo‘lishdan boshqa narsa emas. Mening fikrim aynan shunday: u jamiyatning bir bo‘lagi sifatida barcha kabi istaklariga intilishini, buning yo‘lida Qahramonga imkoniyati cheklanganligi ham g‘ov bo‘lolmasligini isbotladi.

Uning aytishicha, Qahramon yo‘l-yo‘lakay Imom Al-Buxoriyni ziyorat qildi, mehmondo‘st kishilar bilan do‘stlashdi, xushfe'l haydovchilarning mehrini qozondi.
U bilan suhbatlashib, so‘zlarini tinglab, bir narsani tushundim: unga aynan shu kerak edi. Kishilar bilan suhbat, o‘z qarashlarini erkin bildirish. Toshkent city'ni ko‘rish ishtiyoqi bilan uning barcha ichki tug‘yonlari ham sayohatda ifodalandi.
Uzoqov urfga aylangan «hayp»ni bajarmadi. Negaki, Qahramonga beminnat berilgan pullarni ham yig‘ib qo‘yib, Sirdaryodagi bolalar uyiga xayriya qilib yubordi. Balki, shundan so‘ng, uning asl maqsadini anglab, jamiyat ham javob qaytarar: kishining kiyimi, mansab yo nasabi, bilimi va boyligidan qat'iy nazar, biz insonmiz.
Insonlar esa bir-biriga mehrli, oqibatli bo‘ladi. Ular ko‘chada uchratgan notanish kimsaga ham salom berib, yaxshi kayfiyat ulashadi.
Alisher Ro‘zioxunov
So‘nggi yangiliklar
-
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
Jahon | 08:40
-
O‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston | 08:20
-
Firibgarlar qanday qilib bank kartasidagi pullarni o‘marmoqda?
Jamiyat | 07:46
-
Isroilning G‘azoga havo hujumlari: 18 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 07:36
Mavzuga oid

14:45 / 04.08.2020
Nogironlik aravachasini olish tartibi haqida ma'lumot berildi

17:33 / 26.07.2020
Yil oxirigacha 5,5 mingdan ortiq ayolga nogironlik moslamalari olib beriladi – vazirlik

19:15 / 07.07.2018
Nogironlik aravachasida 16 kunlik sayohat: Qahramon Uzoqov Tashkent city'ga yetib keldi

21:30 / 19.09.2017