Parkent bozori o‘rnida yangi zamonaviy savdo majmuasi qurilishi mumkin

O‘zbekiston 23:59 / 14.07.2018 24538

Lyuksemburglik investor Silkroad Investments Toshkent shahrida joylashgan «​Parkent»​ ​bozori o‘rnida zamonaviy savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini qurish taklifini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Joriy yilning 14 iyul kuni Toshkent shahar hokimiyatida Toshkent shahar hokimi va tadbirkorlar, xorijiy investorlar ishtirokida «Toshkent shahrini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish»ga bag‘ishlangan ochiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirga yig‘ilgan har bir tadbirkor va investorlarning loyihalari bilan shaxsan tanishdi.

Tadbirkorlardan biri Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Sh.Rustavelli ko‘chasi 2-tor ko‘chasi, 2 uydan foydalanish uchun yer maydoni ajratilsa, 120ta yangi ish o‘rni yaratib, ko‘p tarmoqli ko‘ngilochar savdo markazi qurishni rejalashtirayotgani haqida aytib berdi. Ma'lum qilinishicha, loyihaning umumiy qiymati 36 milliard so‘mni tashkil etadi. Uni qurib-bitkazib, 2019 yilning IV choragigacha ishga tushirishi mumkinligini ta'kidlandi. Shu bilan birga loyiha amalga oshsa, yiliga 30 milliard so‘m aylanma pul mablag‘lari shakllanishi mumkinligini taxmin qildi.

​Finland butter xususiy korxonasi tomonidan Toshkent shahri Chilonzor tumanida Yevropa andozasi asosida tayyorlanayotgan oziq-ovqat va qandolatchilik mahsulotlarini aholiga taqdim etish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan boshqa loyiha ham namoyish etildi. Loyihaning umumiy qiymati 12 million AQSh dollari. Ushbu loyiha asosida 100ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Korxona to‘la quvvat bilan yiliga 4500 tonna qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishi imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Shu kuni Yashnobod tumanida joylashgan «Parkent Universal»​ bozor o‘rniga tashkil etilayotgan yangi loyiha taqdim etildi. Loyiha tashabbuskorlari Auto Solution MChJ lyuksemburglik investor Silkroad Investments hisoblanadi. Loyihaning umumiy qiymati 18 million dollar bo‘lib, amalga oshirilgan taqdirda 50ta yangi ish o‘rni yaratilishini aytildi.

Ko‘proq yangiliklar: