Gvatemalada Neymar surati tushirilgan bir tonnaga yaqin kokain musodara qilindi

Sport 07:54 / 14.07.2018 8760

Gvatemala sohillaridan 350 km uzoqlikda kichik suv osti kemasi bortida 800 kgdan ko‘proq kokain moddasi topildi.  

Ma'lum qilinishicha, kema bortida har biri bir kilogrammdan keladigan 823 ta kokain solingan paket topilgan. Paketlardan ko‘pida braziliyalik futbolchi Neymarning "PSJ" kiyimidagi surati tushirilgan bo‘lgan.

Kema ekipaji tarkibiga 3 kolumbiyalik kirgan. Ta'kidlanishicha, musodara qilingan kokainning qora bozordagi narxi 11,5 mln dollarni tashkil qiladi. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ko‘proq yangiliklar: