Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlarni davom ettirish uchun 500 million dollar taqdim etdi

Iqtisodiyot 22:24 / 13.07.2018 8911

Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlarni samarali davom ettirish uchun 500 million dollar ajratdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Moliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Liliya Burunchuk o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlarning uchrashuvi O‘zbekistondagi boshlangan islohotlarni samarali o‘tkazish maqsadida 500 million dollarni ajratish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashdan boshlandi. 

Liliya Burunchuk uchrashuv davomida ikkitomonlama munosabatlar iqtisodiyotning barcha jabhalarida, xususan qishloq xo‘jaligi, soliq islohotlari va Shavkat Mirziyoyevning Jahon savdo tashkilotiga a'zoligiga intilishida, ilgarilab borayotganini ta'kidladi. 

Ma'lum qilinishicha, Jahon banki mutaxassislari joriy yilning avgust oyi birinchi o‘n kunligida O‘zbekistonda soliq islohotlarni samarali davom ettirish hamda yangi tahrirdagi kodeks loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, bank vakillari pensiya islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilashda ham texnik yordam ko‘rsatishi mumkin.

 

Ko‘proq yangiliklar: