«O‘zbekenergo»ni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish noprofil aktivlarni sotish evaziga amalga oshiriladi

O‘zbekiston 03:04 / 13.07.2018 8776

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekenergo» Ajni 2018 yilda moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish bo‘yicha rejani tasdiqladi. Bu haqidagi qaror bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan imzolandi. 

Hujjatga ko‘ra, 72 ta noprofilli va foydalanilmayotgan aktivlar ro‘yxati tuzib chiqilgan bo‘lib, ular ochiq savdolarga chiqariladi. Yana 13 ta foydalanilmayotgan yer uchastkalari va tashkilotning obektlari joylardagi mahalliy hokimiyat organlariga beriladi.

Qarorda ko‘rsatib o‘tilishicha, «O‘zbekenergo» aktivlarni sotishdan tushgan mablag‘ evaziga maxsus texnika va texnologik uskunalar sotib olib, ulardan maqsadli foydalanishni ta'minlashi shart. 

«O‘zbekenergo» tashkilotlarida zamonaviy axborot boshqaruv tizimini joriy etish yo‘lga qo‘yiladi, mustaqil audit va faoliyatni xalqaro audit kompaniyalarini jalb etgan holda baholash ham o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: