Toshkent shahri hokimining janubiy koreyalik maslahatchisi rejadagi loyihalar haqida ma'lumot berdi

O‘zbekiston 16:30 / 13.07.2018 7734

12 iyul kuni «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida hokimiyat ishida zamonaviy AKTni joriy qilish bo‘yicha Toshkent shahar hokimi maslahatchisi sifatida jalb qilingan Kim Yu Shik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Kim Yu Shik «Seul shahrining «aqlli yechimlari», uning normativ-huquqiy tartibga solinishi, eng yaxshi amaliyotlari va amalga oshirish usullari» mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Markaz matbuot xizmati xabariga ko‘ra, taqdimotda Markaz xodimlari aqlli shahar va xavfsiz shahar yechimlari, shuningdek IT-texnologiyalari bilan tanishishdi. Shu bilan birga, hokim maslahatchisi kelgusida Toshkent shahrida joriy qilish rejalashtirilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berdi.

Seminar yakunida ishtirokchilar mavzuga doir savollariga batafsil javoblar olishdi.

Ko‘proq yangiliklar: