Test savollari abituriyentni «yiqitish» uchunmi yo sinash? DTM direktori javob beradi

O‘zbekiston 23:01 / 13.07.2018 112543

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Majit Karimovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, murakkab va ko‘plab e'tirozlarga sabab bo‘lgan test savollari bu yil abituriyentlarga taqdim etilmaydi. 

«Avvalgi, bo‘lib o‘tgan test natijalari tahlil qilinadi. Qanaqa savollar murakkab, qaysi savollar sodda, buning uchun bizda Tahlil guruhlari ishlaydi. Mana shu, murakkab savollar chiqarib tashlanadi. Murakkab savollar fan olimpiadasi, katta-katta tanlovlar uchun ishlatiladi. Bu yil tayyorlangan test savollarini tuzishda tegishli tashkilotlar, masalan, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mutaxassislarining fikrlari inobatga olindi. Ularni ochiq muloqotga jalb etdik.

Tarix, fizika, ona tili va adabiyot, kimyo kabi fanlardan test savollarini tuzish bo‘yicha seminarlar tashkil etildi. Davlat test markazi tomonidan ikkita sonda chop etilgan «Axborotnoma» maxsus nashrlarida test topshiriqlarining namunalari havola etildi. Bundan namunalar saytimizga ham joylashtirildi. 

Men aytmoqchimanki, markaz tomonidan taqdim etilayotgan test savollari yiqitish uchun emas, kimyo fanidan ko‘p e'tirozlar bo‘lgandi, murakkab savollarini olib tashladik. Kalkulyator talab qiladigan masalalari e'tirozlarga sabab bo‘layotgandi. Ayni paytda test materiallari ancha yengillashgan, kamchiliklari esa chiqarib tashlandi», deydi Davlat test markazi direktori Majit Karimov.

Intervyuni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: