Superliga. «Qo‘qon-1912» so‘nggi daqiqalarda gol urib, «Metallurg»ni mag‘lub etdi

Sport 22:12 / 13.07.2018 4992

Superligada 14-turning qoldirilgan o‘yinlari davom etmoqda.

«Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Metallurg» bilan bellashdi. O‘yin 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.

70-daqiqada Zohid Abdullayev qarshi hujumda mezbonlarni jazolagan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tgach, Murod Xolmuhammedov penaltidan hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Behruz Sa'dulloyev qo‘qonliklarga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Superliga, 14-tur
13 iyul, Qo‘qon
Qo‘qon-1912 (Qo‘qon) - Metallurg (Bekobod) - 2:1
Gollar
: Murod Xolmuhammedov (76 pen), Behruz Sa'dulloyev (90+5) - Zohid Abdullayev (70)
Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Shavkat Fayziyev, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Shavkat Nasibullayev.
Qo‘qon-1912: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Bahodir Akramov (11. Firdavs Asadov, 73), 5. G‘iyosjon Komilov, 10. Javohir Siddiqov, 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev (78. Behruz Sa'dulloyev, 80), 22. Murod Xolmuhamedov (s), 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Jasurbek Hakimov, 96. Muhammadanas Hasanov (19. Suhrob Berdiyev, 56).
Metallurg: 35. Javohir Ilyosov, 5. Abbosjon Otaxonov, 9. Zabixillo O‘rinboyev, 10. Islombek Isoqjonov, 15. Zohid Abdullayev, 28. Stanislav Andreyev, 55. Akbarjon Ismatullayev (s), 87. Bahodir Pardayev (7. Suhrob Nurulloyev, 57), 88. Abror Husinov, 90. Zafar To‘rayev (77. Muhammad Isayev, 65), 91. Pavel Smolyachenko.
Ogohlantirishlar: Zafar To‘rayev 21, Aleksandr Merzlyakov 48, Akbar Ismatullayev 75

Ko‘proq yangiliklar: