Iordaniyada karate bo‘yicha XV Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi 

Sport 17:40 / 13.07.2018 1354

Eng yaxshi Osiyo karate ustalari hafta so‘ngida Iordaniyada to‘planishadi. 13-15 iyul kunlari AKF ning XV Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu musobaqa faqat Osiyodagi yangi karate ustalarini aniqlash bilan cheklanmaydi, ushbu musobaqa Tokio-2020 Olimpiyadasiga saralash bosqichi uchun ballarni aniqlashga qaratilgan birinchi musobaqa bo‘lgani bilan ham yanada katta ahamiyat kasb etmoqda.

XV Osiyo chempionatida 29 davlatdan 300 dan ortiq karate ustasi raqobatchilik qilishadi. Bugun, 13 iyul kuni Jahon chempionlari, jahon reytingi yetakchilari va Osiyo davlatlaridan g‘oliblar birinchi darajali musobaqasini o‘tkazishadi.

O‘zbekiston karate Milliy Federatsiyasi rahbari Nurxon Nafasov Butunjahon karate federatsiyasi Prezidenti Antonio Espinoz va tashkilot Bosh kotibi Toshixasa Nagura bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekistondagi karate rivoji, sportning ushbu turini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbat bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi

 

Ko‘proq yangiliklar: