Chorvoqdagi noqonuniy qurilgan hashamatli dala hovlilar buziladi

O‘zbekiston 21:15 / 13.07.2018 34159

Chorvoqdagi noqonuniy qurilgan hashamatli dala hovlilar buziladi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali lavhasiga asoslanib, «Xalq so‘zi» xabar bermoqda.

Telekanalda Bo‘stonliq tumanidagi noqonuniy qurilgan inshootlar ko‘rsatib o‘tildi. Qayd qilinishicha, maxsus xizmatlar yordamida daryooldi hududlarda tozalash ishlari boshlanadi, noqonuniy qurilgan dala hovlilar buzib tashlanadi. Hududda joylashgan ko‘plab inshootlar xavfsizlik va sanitariya qoidalariga javob bermaydi.

Qo‘shimcha qilinishicha, huquq tartibot organlari noqonuniy qurilish uchun hududlarni bergan mahalliy hokimiyat organlarini ham tekshiruvdan o‘tkazishi aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: