Vaqf qilingan kitoblar masjidlarga yetkazildi

Jamiyat 21:58 / 12.07.2018 6282

11 iyul kuni «Masjid va madrasalar uchun kitob aksiyasi» doirasida Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi 15 ta masjidga jami hisobda 18 mln so‘mlik 40 turdagi 735 ta kitob yetkazib berildi. Bu haqda vaqf.uz saytida ma'lumot keltirilgan

Foto: vaqf.uz

Ma'lumotlarga ko‘ra, masjidlarning har biriga O‘zbekistonda nashr etilgan Qur'oni karim va «Men ham namoz o‘qiyman» kitoblari uch donadan, «Muallimi soniy» va «Odam ato va Momo havo» kitoblari ikki donadan, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Qur'oni karim ma'nolar tarjimasi», «Odoblar xazinasi» to‘plami, «Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad Sodiq», «Baxtiyor oila», «Ijtimoiy odoblar», «Islom tarixi» to‘plami, «Amallar niyatga bog‘liq», «Bozor va unga bog‘liq masalalar», «Din nasihatdir», «Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish ishlarining haqiqati», «Yengil amallar», «Zikr ahlidan so‘rang» kitobining 2-qismi, «Hadis va hayot» kitobining 12 ta juzi, «Halol ochiq oydindir, harom ochiq oydindir», «Mo‘minning me'roji», «Mo‘minning najoti», «Mo‘minning qalqoni», «Mo‘minning umr safari», «Ochiq xat» kitoblari bir donadan vaqf mulki qilib berilgan.

Foto: vaqf.uz
Foto: vaqf.uz
Foto: vaqf.uz
Foto: vaqf.uz
Foto: vaqf.uz
Ko‘proq yangiliklar: