O‘zbekistonda xususiy oliygohlar paydo bo‘ladi - vazir

O‘zbekiston 01:32 / 12.07.2018 46164

11 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi  «Nodavlat oliy ta'lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi  qaror loyihasini keng jamoatchilikka havola etdi. 

Loyihada aytilishicha, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilarining ilmiy pedagogik salohiyati kamida respublika bo‘yicha oliy ta'lim muassasalaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, xususiy oliygohlarga ayni paytda faoliyat ko‘rsatayotgan OTM shart-sharoitlaridan kam imkoniyatlarga ega bo‘lmasligi belgilanmoqda. 

Xususiy oliygohlarda ta'limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo‘lishi shart qilib qo‘yilmoqda. Unda  urushni, zo‘ravonlikni targ‘ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma'naviy asoslari, fuqarolik osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma'naviy qadriyatlari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymasligi ta'kidlangan. 

Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri Inom Majidovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, yangi tahrirda qabul qilinishi kutilayotgan «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunda ham ushbu mezonlar hisobga olinadi. 

Vazirning aytishicha, xususiy oliygohlarning paydo bo‘lishi mehnat va ta'lim berish yo‘nalishiga yangi kapitalni olib kiradi. Shu bilan birga, sifat va raqobat paydo bo‘ladi. Faqat sifat va standartlar nazoratga olinishi kerak, xolos. 

Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim  vaziri bilan intervyuni to‘liq ravishda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Mover'da ko‘rish (Tas-ix)

Youtube'da ko‘rish

Ko‘proq yangiliklar: