O‘zbekiston Respublikasi “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahriri chiqdi

O‘zbekiston 19:44 / 12.07.2018 8895

Joriy yilning 9 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan "O‘simliklar karantini to‘g‘risida"gi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi.

8 ta bob va 34 moddadan iborat qonunning maqsadi o‘simliklar karantini sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Unda karantin ostidagi mahsulot, karantin ruxsatnomasi, karantin cheklovlari, fitosanitar sertifikat va fumigatsiya kabi qator tushunchalarga ta'riflar berilgan.

Qonunning 4-moddasida yurtimiz hududiga olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan mahsulotga nisbatan fitosanitariya talablari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi va tegishli tartibda ruxsat berish vakolati yuklatilishi belgilab qo‘yilgan. Qonunda O‘simliklar karantini sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari ham tartibga solingan.

O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat hizmatiga rahbarlikni o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi amalga oshiradi. Jumladan, Inspektsiyaning vakolatlariga:

o‘simliklar karantini sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;

o‘simliklar karantini bo‘yicha dasturlar va tartiblarning o‘z vaqtida bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, bu dasturlar va tadbirlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z vaqtida bajarilishi uchun javobgar bo‘lish;

karantin ostidagi mahsulotni olib kirish chog‘idagi o‘simliklar karantini qoidalarini belgilash, xalqaro savdo kontraktlariga (shartnoma) O‘zbekiston Respublikasining hududiga o‘simliklar karantini obektlari kirib kelishining va tarqalishining oldini olishni ta'minlaydigan talablar kiritilishini ko‘rib chiqish va xulosalar taqdim etish;

karantin ruxsatnomasini berish;

O‘simliklar karantini sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xalqaro tashkilotlarda o‘simliklar karantini bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini himoya qilish kabilar kiritilgan.

Qonunda karantin inspektorlarining huquq va majburiyatlari ham aniq belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra,

karantin ostidagi mahsulotlarni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududlariga moneliksiz kirishga;

o‘simliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablarining buzilishlarini bartaraf etish hamda ularning oldini olish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdinomalarni kiritishga;

o‘simliklar karantini obektlarini aniqlanganda o‘simliklar karantini qoidalariga muvofik karantin cheklovlari o‘rnatishga, olib kirilgan karantin ostidagi mahsulotni ushlab turishga, olib qo‘yishga yoki qaytarib yuborishga hakli ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Bundan tashqari yurtimizdagi fitosanitar holatni yaxshilash va bu boradagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish borasida ham qonunda O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi zimmasiga qator vazifalar yuklatilgan  xamda vakolatlar berilgan.

Qonun e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va karantin inspektorlari faoliyatiga asos sifatida xizmat qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: