Tramp: «Umid qilaman, bir kun kelib Putin bilan yaxshi do‘stga aylanamiz»

Jahon 17:30 / 12.07.2018 14137

AQSh prezidenti Donald Tramp Bryusselda davom etayotgan NATO sammitida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan qachondir do‘stlashib ketishiga umid qilishini ta'kidladi.

«Putin bilan munosabatlarimiz? U Rossiya vakili, men esa AQSh. U mening dushmanim deya olmayman. Umid qilamanki, vaqti kelib u bilan yaxshi do‘stga aylanamiz. Hozir Putinni do‘stim deyishim qiyin, chunki hali endi bir necha marta ko‘rishdik. U men bilan xushmuomala bo‘ldi, men ham. Biz yaxshi kayfiyatda gaplashganimizni barcha ko‘rdi. Janob Putin bilan til topishib ketishimga ishonaman»,- deydi AQSh yetakchisi.

Ta'kidlash joiz, Putin va Tramp 16 iyul kuni Xelsinkida uchrashishadi. Trampning aytishicha, bu uchrashuvdan unchalik ko‘p narsa kutmayapti va Putin bilan har doimgidek Ukraina, Suriya hamda Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashuvi mavzusini muhokama qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: