Shahram G‘iyosov shanba kuni professional ringdagi uchinchi jangini o‘tkazadi

Sport 14:44 / 12.07.2018 18254

Riodagi Olimpiya o‘yinlari finalchisi, jahon chempioni Shahram G‘iyosov 14 iyul (O‘zbekistonda 15 iyul tongda) kuni professional ringdagi uchinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Shu kuni bokschimizga meksikalik bokschi Daniel Echeverriya raqiblik qiladi.

Ma'lumot uchun, Echeverriya prof ringda shu kungacha 24ta jang o‘tkazgan va ularning 19tasida g‘alaba qozongan (17tasi nokaut bilan). 5ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (2tasi nokaut). Shahram G‘iyosov esa ikkita jang o‘tkazgan va ularning har ikkisida ham g‘alaba qozongan. Janglarning birida u raqibini nokautga uchratgan.

Ko‘proq yangiliklar: