Rossiya Eron neft sanoatiga investitsiya kiritadi

Jahon 19:29 / 12.07.2018 6318

Eron Oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiyning xalqaro masalalar bo‘yicha maslahatchisi Ali Akbar Velayatiy bugun, 12 iyul kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Reuters agentligi Oliy rahnamo maslahatchisining uchrashuvdan so‘ng Eron davlat televideniyesiga bergan intervyusidan parchalar keltirdi.

Foto: TASS

«Oliy rahnamomiz Rossiya bilan strategik sheriklikni yanada mustahkamlash tarafdori... Bu boradagi ishlar davom ettiriladi... Rossiya Eronning neft sohasiga investitsiya kiritishga tayyorlanmoqda», - dedi Ali Akbar Velayatiy.

«Eron va Rossiya Suriyadagi hamkorligini ham davom ettiradi», - deya qo‘shimcha qilgan davlat rahbarining maslahatchisi. Ta'kidlash joiz, har ikki tomon ham Suriyadagi fuqarolar urushida Prezident Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlaydi.

«Putin Amerikaning Eronga nisbatan sanksiyalar joriy etish qarorini ma'qullamasligini yana bir bor tasdiqladi», - deb aytgan Velayatiy.

Kreml rasmiy xabariga ko‘ra, Eron hukumati mulozimi Putinga ikkita maktub topshirgan. Ulardan biri prezident Hasan Ruhoniy, ikkinchisi davlat rahbari oyatulloh Ali Xominaiy tomonidan yo‘llangan.

Ko‘proq yangiliklar: