Donald Tramp: AQSh NATOga sodiqligicha qoladi

Jahon 20:07 / 12.07.2018 4972

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning NATOga sodiqligini ta'kidladi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Shuningdek, u tashkilotga a'zo davlatlarning 29tasi mudofaa xarajatlaridagi byudjyetini oshirishga rozi bo‘lganini va AQSh tashkilot mudofaa xarajatlarining 90 foizini qoplashini ma'lum qildi. 

Avvalaroq, AQSh prezidenti Donald Tramp agarda a'zo davlatlar mudofaa xarajatlari borasidagi o‘z majburiyatlarini hurmat qilmasalar tashkilotdan chiqish bilan tahdid qilgani haqida xabarlar chiqqan edi.

«DPA» nemis axborot agentligining xabaricha, agarda a'zo davlatlar mudofaa xarajatlarini ko‘tarmaydigan bo‘lishsa AQSh tashkilotdan chiqadi.

Tashkilot manbalarining bildirishicha, a'zo davlatlar rahbarlari Trampning bu injiqliklariga o‘z noroziliklarini bildirishgan. Ushbu qarama-qarshilik tashkilotning Ukraina va Gruziya bilan bo‘lib o‘tishi rejalashtirlgan navbatdan tashqari uchrashuvining vaqtinchalik bekor qilinishiga sabab bo‘ldi.

Tramp o‘z mamlakati hali tashkilotning to‘laqonli a'zosi ekanini ta'kidladi. Shuningdek, u tashkilotga a'zo davlatlarning 29tasi mudofaa xarajatlaridagi byudjyetini oshirishga rozi bo‘lganini va AQSh tashkilot mudofaa xarajatlarining 90 foizini qoplashini ma'lum qildi.

Avvalroq, Tramp NATOga a'zo davlatlarni tashkilotning mudofaa xarajatlarini qoplashdagi o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirgan edi. A'zo davlatlar o‘z YaIMning 2 foizini NATOning mudofaa xarajatlariga ajratishi lozim.

A'zo davlatlar rahbarlari chorshanba kuni 2024 yilgacha mudofaa xarajatlarini 2 foizga ko‘tarishga roziliklarini bildirishgan edi. Shuningdek, ular Donald Trampning xarajatlarni 4 foizga oshirish haqidagi talabini e'tiborsiz qoldirishgan.

Ko‘proq yangiliklar: