Adliya vazirligi viloyatlar bo‘yicha notarius lavozimiga tanlov e'lon qildi

O‘zbekiston 21:05 / 12.07.2018 6749

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi quyidagi notarius lavozimlariga tanlov o‘tkazishni e'lon qildi.

Xorazm viloyati bo‘yicha: Xiva shahar 1-son davlat notarial idorasida 1 nafar;  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha: Taxtako‘pir tuman davlat notarial idorasida 1 nafar;  

Buxoro viloyati bo‘yicha: Buxoro shahar 3-son davlat notarial idorasida 1 nafar, Romitan tuman 1-son davlat notarial idorasida 1 nafar va Vobkent tuman 2-son davlat notarial idorasida 1 nafar;   

Xorazm viloyati bo‘yicha: Xazorasp tuman 2-son davlat notarial idorasida 1 nafar, Gurlan tuman 2-son davlat notarial idorasida 1 nafar, Qo‘shko‘pir tuman 1-son davlat notarial idorasida 1 nafar, Xiva tuman davlat notarial idorasida 1 nafar, Urganch shahar 1-son davlat notarial idorasida 1 nafar va Shovot tuman 2-son davlat notarial idorasida 1 nafar;   

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha: Qarshi tuman davlat notarial idorasida 1 nafar;   

Namangan viloyati bo‘yicha: Uchqo‘rg‘on tuman 1-son davlat notarial idorasida 1 nafar va   
Uchqo‘rg‘on tuman 2-son davlat notarial idorasida 1 nafar;   

Samarqand viloyati bo‘yicha: Narpay tuman davlat notarial idorasida 1 nafar;   

Surxondaryo viloyati bo‘yicha: Uzun tuman 1-son davlat notarial idorasida 1 nafar, Boysun tuman davlat notarial idorasida 1 nafar va Denov tuman 3-son davlat notarial idorasida 1 nafar;   

Farg‘ona viloyati bo‘yicha: Yozyovon tuman davlat notarial idorasida 1 nafar, Bog‘dod tuman davlat notarial idorasida 1 nafar va Farg‘ona shahar 3-son davlat notarial idorasida 1 nafar;   

Toshkent viloyati bo‘yicha: Yangiyo‘l tuman 2-son davlat notarial idorasida 1 nafar;   

Toshkent shahri bo‘yicha: Mirobod tuman 2-son davlat notarial idorasida 1 nafar, Mirzo Ulug‘bek tuman 3-son davlat notarial idorasida 1 nafar, Olmazor tuman 7-son davlat notarial idorasida 1 nafar, Yakkasaroy tuman 1-son davlat notarial idorasida 1 nafar, Chilonzor tuman 4-son davlat notarial idorasida 1 nafar va Sergeli tuman 7-son davlat notarial idorasida 1 nafar xodim ishga qabul qilinadi.  

Hujjatlarni taqdim etishning oxirgi sanasi 2018 yilning 2 avgust kuni.

Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxs o‘z xohishiga ko‘ra bevosita O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki tegishli adliya boshqarmasiga murojaat qilishi mumkin. Bunda talabgor quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
- komissiya nomiga ariza; 
- pasport nusxasi; 
- belgilangan shaklda to‘ldirilgan shaxsiy varaqa; 
- mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish joyida tasdiqlangan nusxasi; 
- oliy yuridik ma'lumot to‘g‘risidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi). 
(talabgor beliganlangan tartibda notarial idorada stajirovka o‘tagan bo‘lishi lozim).

Agar talabgor adliya organlari tizimida ishlayotgan bo‘lsa, faqatgina komissiya nomiga ariza va pasport nusxasi topshiriladi. 

Hujjatlarni Adliya vazirligiga topshirish uchun (0-371) 236-78-52 va 236-26-06 telefon raqamlariga murojaat qilinishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: