O‘zbekistonda dunyo tan olgan brend tashkilotlar soni yana bittaga oshadi

O‘zbekiston 18:52 / 11.07.2018 16422

Jahondagi eng yirik muzqaymoq-kafelar tarmog‘i Baskin-Robbins tez orada O‘zbekiston bozoriga kirib keladi. Yaqin vaqtlar ichida kompaniyaning Toshkentdagi franshizasi faoliyatini boshlashi kutilmoqda.

Ma'lumot o‘rnida aytish joiz, Baskin-Robbins kompaniyasi butun dunyoda «31 xil maza» shiori bilan tanilgan bo‘lib, har kuni yangicha ta'mdagi muzqaymoqlarni tatib ko‘rish imkonini taqdim etishi ushbu g‘oya asosini tashkil etadi. Hozirda 52 mamlakatda 7000dan ziyod kafelarni o‘z tarmog‘iga birlashtirgan kompaniya Rossiya va MDH mamlakatlarida 327ta savdo nuqtasiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Baskin-Robbins`dan tashqari, shu yil oxiriga qadar O‘zbekiston poytaxtida KFC restorani ham ochilishi kutilmoqda. Shuningdek, o‘tgan yili O‘zbekistonda McDonalds, Burger King va Starbucks kabi dunyo miqyosidagi brend tashkilotlar o‘z filiallari faoliyatini yo‘lga qo‘yishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ko‘proq yangiliklar: