Sayyohlar oqimining ko‘payishi xususiy turistik kompaniyalarga yangi imkoniyatlar bermoqda

O‘zbekiston 01:01 / 11.07.2018 9256

O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi Termez Tourism Travel xususiy kompaniyasi sayyohlar uchun zamonaviy va qulay Mercedes rusumidagi mikroavtobuslarni xarid qilmoqda.

Ta'kidlash joizki, so‘nggi yillarda Yaponiya va Janubiy Koreya kabi rivojlangan davlatlardan keluvchi sayyohlar oqimi keskin ko‘paymoqda va bu birinchi marta shunday toifadagi turistik transport vositalarining xarid qilishga imkon yaratdi. 

KUN.UZ manbasining xabar berishicha, hozircha bunday rusumdagi 3 mikroavtobus xarid qilingan bo‘lsa, yana 9 ta shunday transport vositasi joriy yilning sentabr oyigacha kelishi kutilmoqda. Ayni damda yana 4 ta Mercedes mikroavtobusi xaridiga doir shartnoma tuzilmoqda. 2018 yil oxiriga qadar jami 16 ta zamonaviy Mercedes mikroavtobusi xarid qilinib, sayyohlar uchun xizmat qiladi. 

Bundan tashqari, Mo‘ynoqdagi turistik firma ham berilgan imtiyozlardan foydalanib, sayyohlar uchun zamonaviy jip avtomobillarini xarid qildi. Bu esa Orol bo‘yida sayohat qilishga qiziqqanlar uchun o‘ziga xos qulaylikdir. 

Afsonaviy Orol bo‘yidagi Mo'ynoq Tour kompaniyasiga tegishli dam olish maskanida sayyohlar uchun qator o‘tovlar qurilgan. Dam olish maskani zamonaviy qayiqlar, kvadrosikllar kabi texnikalar bilan ta'minlangan. Endi ularning qatori zamonaviy jip avtomobillari bilan ham boyitildi. 

Har bir turistik kompaniya shu tariqa berilgan imtiyozlardan foydalanib, o‘z xizmatlari, turistik mahsulotlari ko‘lamini kengaytirishga va sifatini oshirishga harakat qilsa hamda buning uddasidan chiqsa, O‘zbekistonning xorijiy sayyohlar oldidagi nufuzi yanada oshishi shubhasiz. 

Ko‘proq yangiliklar: