Ronalduning «Yuventus»dagi maoshi soniyagacha hisoblab chiqildi

Sport 18:26 / 11.07.2018 40522

Britaniyaning The Mirror tabloidi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning «Yuventus» bilan imzolagan shartnomasi tafsilotlarini oshkor qildi.

Unga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi yiliga 30 million yevro maosh oladi. Bu soniyasiga 1 yevro demakdir. 4 yil ichida Ronaldu 120 million yevro ishlab oladi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu transferi uchun «Yuventus» umumiy hisobda 112 million yevro to‘ladi.

Portugaliyalik «Qirollik klubi» tarkibida 2009 yildan beri to‘p tepib kelayotgan edi. U «Real» bilan 16ta sovrinni yutib oldi va 438ta o‘yinda 451ta gol urdi.

Ko‘proq yangiliklar: