Ramatov: Hammaga darvozalarni ochdik, lekin ularni kutib oladigan joyimiz yo‘q

O‘zbekiston 18:17 / 11.07.2018 29306

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov mamlakatga turistlar oqimi ko‘paygan bir vaqtda ularga xizmat ko‘rsatish muassasalari yetishmasligini tanqid qildi, deb xabar qildi Kun.uz muxbiri.

«Prezidentimiz tomonidan 105 davlat fuqarolariga viza cheklovi olib tashlandi. Ilgari hammayoq yopiq edi, hech kim kira olmasdi. Endi ularga xizmat ko‘rsatish uchun samolyotlar, terminallar, mehmonxonalar kerak. Hammaga darvozalarni ochdik, kelinglar deyapmiz, lekin ularni qabul qiladigan joyimiz yo‘q”, - dedi Ramatov Nukus aeroportida yangi terminal ochilishi marosimida.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 2 million 700 mingga yaqin turist tashrif buyurgan.

Ko‘proq yangiliklar: