Meksikada saylovoldi kampaniyasi vaqtida 520dan ko‘proq siyosatchi o‘ldirib ketildi

Jahon 23:23 / 11.07.2018 19083

Meksikada umumiy saylovlardan oldin o‘tgan saylovoldi kampaniyasi vaqtida 523 siyosatchi o‘ldirib ketilgan. Bu haqda Etellekt tahliliy kompaniyasi dokladida aytilgan.

Bu davr 2017 yil 8 sentabrdan saylovlar o‘tgan 2018 yil 1 iyulgacha bo‘lgan vaqtni qamrab oladi. Hammasi bo‘lib 152 siyosatchi, jumladan turli lavozimlarga 48 nomzod va turli lavozimdagi 371 davlat xizmatchisi o‘ldirilgan.

O‘rtacha kuniga 1,7 nafar siyosatchi va amaldor o‘ldirilgan. Ularga hujumlarning umumiy soni 1,2 mingtaga yetgan. Saylovlar kuni esa mamlakatning 26 ta shtatida 138 ta hujum va 7 ta qotillik qayd qilingan.

Saylovlar natijalariga ko‘ra Andres Manuel Lopes Obrador g‘alaba qozongan. U 1 dekabrda prezident lavozimini bajarishga kirishadi. Obrador jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishini kuch ishlatishdan ijtimoiy kurash tomon o‘zgartirishga va'da bergan.

Ko‘proq yangiliklar: