Inqiroz holatiga eng ishonchli valyutalar ma'lum qilindi

Iqtisodiyot 10:46 / 11.07.2018 30656

AQShning JP Morgan Chase moliyaviy xoldingi tahlilchilari dokladiga ko‘ra, jahon inqirozi holatiga eng ishonchli valyutalar Singapur dollari, yapon iyenasi, shveysar franki va AQSh dollari hisoblanadi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi. 

“Iqtisodiy o‘sish sur'atlarining sekinlashishi (retsessiya) kreditorlar bir vaqtda zayomchilardan o‘z pullari qaytarilishini talab qilganda yuz beradi. Retsessiya vaqtida egalik qilish mumkin bo‘lgan dunyodagi 4 ta yetakchi valyutadan uchtasi tashqi bozorlarda mustahkam pozitsiyalari bilan maqtana oladigan davlatlar pullaridir”, deb aytilgan dokladda.

JP Morgan tahlilchilari fikricha, sanab o‘tilgan valyutalardan eng ishonchlisi yapon iyenasi, eng kam jalb qiluvchisi Singapur dollari hisoblanadi. AQSh dollari ham o‘z ishonchliligini yo‘qotmaydi, chunki jahon moliyaviy tranzaksiyalari uchun asosiy valyuta hisoblanadi.

Mutaxassislar inqiroz holatida rivojlanayotgan davlatlar valyutasidan, misol uchun, Yangi Zelandiya dollaridan voz kechishga chaqirishmoqda. Chunki aynan shunday valyutalar inqiroz vaqtida ancha qadrsizlanib, o‘z qiymatining 17 foizgachasini yo‘qotishi mumkin.

JP Morgan tahlilchilari yuz berajak katta ko‘lamli jahon inqirozi haqida gapirishga hali erta, deb hisoblamoqdalar, biroq xalqaro savdo munosabatlari keskinlashishi fonida yuz beradigan kutilmagan holatlar uchun valyuta mablag‘lari moliyaviy rejasini tayyorlab qo‘yishga chaqirishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: