Har daqiqada Ronalduning bitta futbolkasi sotilmoqda

Sport 23:34 / 11.07.2018 22318

«Yuventus» klubi Krishtianu Ronaldu transferidan foyda olishni boshlab yubordi.

TuttoJuve xabariga ko‘ra, portugaliyalikning futbolkasiga bo‘lgan talab shu qadar yuqoriki, klub do‘koni muxlislarning juda katta navbatiga tanaffussiz xizmat ko‘rsatishga majbur bo‘lmoqda. Natijada, har daqiqada Ronalduning bitta futbolkasi sotilyapti.

Xaridorlarning ko‘pligi sababli, klub internet do‘koni sayti ham bir muddat ishlamay qolgan. Mutaxassislar juda katta qiyinchilik bilan uning ishini tiklashga muvaffaq bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: