Akademik litseylarda imtihonlarni o‘tkazish va natijalarini e'lon qilish tartibi tasdiqlanmoqda

O‘zbekiston 12:20 / 11.07.2018 10980

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi saytida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining «Akademik litseylarda saralash imtihonlarini o‘tkazish, rasmiylashtirish va natijalarini e'lon qilish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori muhokama uchun joylashtirildi.

Tasdiqlanishi kutilayotgan, Akademik litseylarda saralash imtihonlarini o‘tkazish, rasmiylashtirish va natijalarini e'lon qilish tartibi haqidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi 212-sonli «Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq oliy ta'lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda saralash imtihonlarini o‘tkazish, rasmiylashtirish va e'lon qilish tartibini belgilaydi.

Nizomda litseylardagi saralash imtihonini o‘tkazish, o‘quvchilarni akademik litseylarga o‘qishga qabul qilishni rasmiylashtirish, xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartiblari belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, tegishli oliy ta'lim muassasasi rektori akademik litseylarga kirish uchun sinovlar katta sig‘imdagi binolarda o‘tkazilishi, test jarayonining eng ko‘p darajada ochiqligi va shaffofligini ta'minlab, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, o‘quvchilarning ota-onalari sinovlarni onlayn rejimida kuzatib borishlariga imkoniyat yaratilishini ta'minlaydilar.

Jumladan, akademik litseyga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarni litseyga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida litsey direktorining tegishli buyrug‘i har yili 30 iyulga qadar rasmiylashtiriladi va buyruq nusxasi uch kun muddatda tegishli oliy ta'lim muassasasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: