O‘zbekiston MDHning yana bir tuzilmasida ishtirok etadi

O‘zbekiston 13:40 / 10.07.2018 11476

O‘zbekiston Respublikasi MDHga a'zo davlatlar Soliqqa oid (moliyaviy) tergov organlari rahbarlarining muvofiqlashtiruvchi kengashiga (SOTRMK-KSONR)ga a'zo sifatida qo‘shildi. MDH Ijroiya qo‘mitasi rasmiy saytida O‘zbekiston Respublikasining xavfsizlik sohasidagi tarmoqlararo hamkorlik organlari faoliyatida ishtirok etish faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha sa'y-harakatlarini izchil oshirish to‘g‘risidagi axborot berildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining MDH davlatlar rahbarlari Kengashining 2013 yil 31 maydagi “MDHga a'zo davlatlar Soliqqa oid (moliyaviy) tergov organlari rahbarlarining muvofiqlashtiruvchi kengashi (KSONR) to‘g‘risidagi Nizomning yangi nashri tasdiqlanganligi to‘g‘risida”gi Qaroriga qo‘shilgani haqida ma'lumot berilgan. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti boshlig‘i KSONR tarkibidagi Kengashning to‘liq a'zosi  bo‘ldi.

Foto: cis.minsk.by

Ma'lumot uchun: KSONR – MDHning tarmoqlararo hamkorlik organi va soliq (moliyaviy) qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashda harakatlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. Unga O‘zbekiston, Armaniston, Belorussiya, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ukraina davlatlarining vakolatli organlari rahbarlari kiradi.

KSONR tadbirlarida ishtirok etish bu mamlakatlarga soliq (moliyaviy) organlar rahbarlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, axborot va mazkur sohadagi ijobiy tajriba almashish, xalqaro hamkorlik uchun tarmoqlararo shartnomaviy-huquqiy bazani rivojlantirish, birgalikda tezkor va taktik chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda yetakchi ta'lim muaassasalari negizida xodimlarning malakasini oshirish 
va o‘qitish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish imkonini beradi.

Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 maydagi “Byudjyet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5446-sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: