O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi xalqaro aeroportlarda xavfsizlik choralari samaradorligini oshiradi

O‘zbekiston 01:08 / 10.07.2018 7938

Toshkent shahri va O‘zbekistonning asosiy turistik markazlari bo‘lmish Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlaridagi xalqaro aeroportlarda xavfsizlik choralari samaradorligi oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi saytiga Prezident qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.

Qarorni ishlab chiquvchi — mamlakat ichki ishlar vazirligi grafigiga ko‘ra mazkur hujjat 1 avgustdan ishga tushishi mo‘ljallanmoqda.

«Islom Karimov nomidagi «Toshkent», shuningdek, «Samarqand», «Buxoro» va «Urganch» xalqaro aeroportlarida xavfsizlikni ta'minlash, shuningdek yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha choralar ko‘rilsin», deyiladi hujjat matnida.

Ushbu qaror bilan mazkur aeroportlarning vokzaloldi hududlarida birlamchi nazorat-tekshiruv postlari barpo etish, bir vaqtning o‘zida aerovokzal majmualariga kirish va chiqishdagi postlarni qisqartish nazarda tutilmoqda.

Yangi postlar zamonaviy yo‘lovchilarning o‘zi, ularning qo‘l yuklari va bagajlarini dastlabki tekshiruvdan o‘tkazish uchun metallodetektorlar, introskoplar, gazoanalizatorlar, radioaktiv moddalar detektori bilan jihozlanadi.

Bundan tashqari xizmat-qidiruv itlariga ega kinologlar soni ko‘paytiriladi, avtoturargohlarga kiraverish yuqori aniqlikda suratga oluvchi videokuzatuv vositalari o‘rnatiladi, deb ko‘rsatilmoqda hujjatda.

Ko‘proq yangiliklar: