O‘zbekiston Yevropa Farmakopeya komissiyasi ilmiy ishida faol ishtirok etadi 

O‘zbekiston 21:40 / 10.07.2018 2350

Strasburg shahridagi 160-sessiyada O‘zbekistonga Yevropa dori vositalari va sog‘liqni saqlash sifati direktorati (EDQM) kuzatuvchisi maqomining berilishi mamlakat farmatsevtika sohasi uchun muhim voqea bo‘ldi. 

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi delegatsiyasi 2018 yilning 19-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan 161-sessiyada ishtirok etdi. Sessiyada 10 yangi monografiya, 1 yangi bob qabul qilindi, 92 monografiya va 7 bo‘lim qayta ko‘rib chiqildi, shuningdek yangi matnlar kiritildi, deya xabar beradi KUN.UZ manbasi.

Ta'kidlash joizki, kuzatuvchi-mamlakat maqomi O‘zbekistonga Yevropa Farmakopeya komissiyasi ilmiy ishi hamda EDQM'ning boshqa tadbirlarida ishtirok etish imkonini beradi. 

Shuningdek O‘zbekistonga dori vositalari va faol farmatsevtik ingridiyentlar sifatini nazorat qilish uchun monografiyalarga, tadqiqotlar uchun zarur bo‘lgan axborot materiallari, monografiya ishlab chiqish uchun texnik qo‘llanmalar, ishlab chiqarish yoki qayta ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan monografiya loyihalariga oid ma'lumotlarga bepul onlayn kirish imkoni taqdim etildi. 

Yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Farmokopeyasini ishlab chiqishda Yevropa Farmokopeyasi monografiyalaridan foydalanish huquqining taqdim etilishi to‘g‘risidagi memorandumni imzolash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu dori vositalarining sifati va xavfsizligiga nisbatan belgilanadigan davlat standartlari va qoidalarini ishlab chiqishda Yevropa standartlaridan foydalanish imkonini beradi.

Ko‘proq yangiliklar: