«Yuventus» Ronaldu transferini e'lon qildi - barcha tafsilotlar

Sport 22:30 / 10.07.2018 21795

«Yuventus» klubi hujumchi Krishtianu Ronaldu transferini e'lon qildi.

Portugaliyalikning transfer qiymati 112 million yevroni tashkil etdi. 

Pullarning taqsimlanishi quyidagicha:
– 100 million yevroni «Real» oladi.
– FIFA qoidasiga ko‘ra, 5 million yevro (transfer qiymatining 5%) futbolchi 12 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan davrida o‘ynagan klublarga taqsimlanadi.
– Qolgan 7 million yevro tranzaksiya xarajatlari, ya'ni bitimni rasmiylashtirish bilan bog‘liq sarflar.

Ronaldu klub bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Uning maoshi 31 million yevroga teng.

Ronaldu «Real» tarkibida 2009 yildan buyon o‘ynab kelayotgandi. U madridliklar safida 438ta o‘yin o‘tkazib, 451ta gol urgan.

Ko‘proq yangiliklar: