Toshkent shahri aholisi yarim yilda 21 ming kishiga oshdi

O‘zbekiston 08:41 / 10.07.2018 12292

O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining doimiy aholisi soni 2018 yil 1 iyul holatiga 2485,9 ming kishini tashkil etib, 2018 yilning yanvar-iyun oylarida 21,0 ming kishiga yoki 0,9 foizga o‘sgan. O‘zbekiston Statistika qo‘mitasi hisobotida shu haqda so‘z boradi. 

2018 yilning yanvar-iyun oylarida 21,0 ming bola dunyoga kelgan, shunga mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 17,1 promilleni tashkil etgan va 2017 yilga nisbatan 0,6 promillega (2017 yilning mos davrida - 16,5 promille bo‘lgan) o‘sish qayd etilgan. 

2018 yilning yanvar-iyun oylarida 8,0 ming o‘lim qayd etilgan bo‘lib, shundan 300 nafari 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soniga to‘g‘ri kelmoqda. O‘lim koeffitsiyenti 6,5 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,3 promillega kamaydi (2017 yilning mos davrida - 6,8 promille bo‘lgan).

Poytaxt aholisining tabiiy o‘sishi 13,0 ming kishini tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 1,3 ming kishiga o‘sishi (2017 yilning mos davrida 11,7 ming kishi bo‘lgan) kuzatildi.

FHDYo organlarida 2018 yilning yanvar-iyun oylarida 7,7 mingta nikoh va 2,0 mingta nikohdan ajralishlar qayd etildi. 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 6,2 promilleni tashkil qilib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,5 promillega o‘sdi (2017 yilning mos davrida - 5,7 promille bo‘lgan). Nikohdan ajralish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 1,7 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega (2017 yilning mos davrida 1,5 promille bo‘lgan) o‘sgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: